"Uch qahramon" bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirgi vaqtga qadar tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmagan.

Toshkent tumanida joylashgan "Uch qahramon" bozorida 11-avgust kuni soat 02:22 da yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borgan, soat 03:24 da qurshab olingan va yong‘in soat 04:46 da o‘chirilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Hozirgi vaqtga qadar tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling