Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentdagi bir qator avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirildi

Jumladan, 13T-sonli “Suvsoz mavzesi (Stadion) – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishi o'zgardi.

Toshkent shahrida 25-sentabrdan bir qator avtobus yo‘nalishlarining harakati bo‘yicha o‘zgarishlar kiritiladi. Bu haqda poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

138-sonli “Bunyodkor MFY – Beruniy metrosi” avtobus yo‘nalishi

  • Bunyodkor MFYdan kelishda: Shifokorlar – Sog‘lom avlod – THAY – Farobiy ko‘chalari orqali.
  • Beruniy metrosidan qaytishda: Farobiy – THAY – Sog‘lom avlod – Shifokorlar ko‘chalari orqali.

13T-sonli “Suvsoz mavzesi (Stadion) – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishi

  • Toshkent vokzalidan kelishda: H. Bayqaro – Chirchiq bo‘yi ko‘chalari (Kichik sanoat zonasi bekati) orqali Suvsoz mavzesi (Stadion) bekatigacha.

1-sonli “Humoyun mavzesi – Toshkent MUM” avtobus yo‘nalishi

  • Toshkent MUM bekatidan kelishda: Humoyun – A. Yugnakiy – Zumrat ko‘chalari (Kichik sanoat zonasi bekati) orqali Humoyun mavzesi bekatigacha.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling