Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 2005 va 2006-y.t. 2 nafar mahalliy fuqaro 20 kg 374 gramm “opiy” va 41 kg 668 gramm “gashish” giyohvandlik vositalarini Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgan vaqtlarida ushlandi.

Ularning jinoiy sherigi bo‘lgan, Uzun tumanida yashovchi, 2004-y.t. shaxs hamda byurtmachi hisoblangan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 2000-y.t. fuqaro ham protsessual tartibda ushlandi. 

Toshkent viloyatida Qozog‘istondan xalqaro o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991-y.t. shaxsga tegishli yuklar o‘rnatilgan tartibda tekshirildi.

Natijada marmar quyma tosh ichiga yashirilgan 7 kg 902 gramm “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi borligi maʼlum bo‘ldi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, narkokuryer moddiy manfaatdorlik evaziga ushbu giyohvandlik vositasini Moskvada nomaʼlum shaxs tomonidan Telegram-bot orqali ko‘rsatilgan manzildan olib, O‘zbekistondagi buyurtmachiga yetkazib berishi kerakligi aniqlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1985-y.t. fuqaro O‘rta Chirchiq tumanida ajal og‘usini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.

Yana bir holatda afg‘onistonlik narkosavdogarlardan giyohvandlik vositalarini olib, Farg‘ona viloyatida sotish bilan shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. 

Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1964-y.t. ayol va uning 1993-y.t., o‘g‘li qo‘lga olinib, ulardan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 5 kg 878 gramm “opiy” va 3 kg 922 gramm “gashish” moddalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79 kg 744 gramm giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling