Samarqandda 2,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Holatlar jami uchta holatda sodir bo'lgan.

Samarqand viloyatida 2,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan 3 ta holat aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Samarqand tumanida "T. M." uyushmasiga qarashli noturar binoning elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulangan.

Natijada 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Ushbu tumanda fuqaro A. A. ga qarashli binoda ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. 

Keltirilgan zarar dastlabki hisoblarga ko‘ra, 1,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. 

Shuningdek, Samarqand shahrida joylashgan "B. A. O.S." MChJga qarashli binoda ham qayd etildi. 

Unga ko‘ra o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 135 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling