Mavjud elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlarini olib borish maqsadida 26-may kuni Uchtepa va Bektemir tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
- Uchtepa tumani: “Vatan” MFning ayrim hududlarida soat 10:30 dan 17:30 gacha;
- Bektemir tumani: “Bektemir”, “Abay”, “Ustozlar” hamda “Sohil” MFYlarning ayrim hududlarida soat 12:00 dan 18:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.