Uchtepa tumanidagi Beshqayraqo‘ch ko‘chasidan Foziltepa ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida bir tomonlama harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Bunga tumandagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida ta‘mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Cheklov 21-noyabr soat 20:00 dan 24-noyabr soat 06:00 gacha amal qiladi.
Haydovchilardan yo‘nalishni oldindan rejalashtirish so‘raldi.