Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Cheklov 11-sentabrdan 1-oktabrgacha amal qiladi.
Cheklov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq.
Mazkur uchastkada diametri 820 mm, umumiy uzunligi 640 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari olib borilmoqda.
"Ushbu quvurlar issiqlik va issiq suv bilan ta‘minlaydi va ularning yangilanishi sovuq mavsumda isitishda avariyalar va uzilishlarning oldini olish uchun zarur", deyiladi xabarda.