Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Suhbat davomida xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama aloqalarning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilingan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazir Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Suhbat davomida savdo, investitsiya, ta‘lim va madaniy hamkorlik kabi ikki tomonlama munosabatlarimizdagi dolzarb masalalarni, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama aloqalarning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilingan.

"Uchrashuvimiz O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi muloqotni yana-da chuqurlashtirish, sheriklikni mustahkamlash hamda xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochish borasidagi qat‘iy intilishimizni tasdiqladi", deb yozgan Baxtiyor Saidov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling