Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Ushbu tayinlovga qadar viloyat hokimligining kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi

Ulugʻbek Joʻrayev Andijon viloyat hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ulugʻbek Joʻrayev mehnat faoliyatini 2015-yilda Andijon shahar moliya boʻlimida xoʻjalik ishlari mudiri sifatida boshlagan.

2016-2020-yillarda Andijon tumani hokimligi moliya boʻlimining byudjet boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari hamda boʻlim boshligʻi, 2022-2023-yillarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ushbu tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimligining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar