Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari Jizzax viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyev nomzodini ilgari surdi. 

Xalq deputatlari va viloyat faollari nomzod haqidagi fikrlarini bildirdi. Shundan so‘ng viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. 

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi. 

Davlat rahbari yangi hokim bildirilgan ishonchni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming odamni ishli qilish, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish borasida qattiq ishlashi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling