Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanidagi umumiy ovqatlanish shohobchasida 519,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rilik yo‘li bilan noqonuniy foydalanilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tumanda faoliyat ko‘rsatuvchi “A.F.G.” MCHJ rahbari Z.A. tomonidan jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shohobchasini tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulagan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.A.ga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.