Xorazm viloyatida 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Urganch shahrida “T. Y.” MChJga tegishli elektr qurilmalar hisoblagichdan tashqari ulanib, elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 2 mlrd 207 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.