Xorazmda 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Urganch tumani, "Oq ariqlar" MFYda joylashgan "I. T. B. Q." MChJ suv nasoslari uchun elektr ta‘minoti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 8 milliard 672 million so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling