Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Uchta viloyatda narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida jami 11 kg dan ortiq narkotik moddalar ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Urgut tumanida yashovchi 1998-y.t. shaxs aylanma yo‘llar orqali Tojikistondan 8 kg 860 gramm “opiy” moddasini kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga olib o‘tgan. 

U “o‘zbek-tojik” davlat chegarasini qo‘riqlayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, giyohvandlik vositasini tashlab, nomaʼlum tomonga qochadi.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu shaxs qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, Urgut tumanida yashovchi, 1966-y.t. shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlandi.

Shuningdek, Denov tumanida esa, 1969-y.t. shaxs tekshirilganda, uning yonida 31 gramm “opiy” moddasi borligi maʼlum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, u moddani tumanda istiqomat qiluvchi, 1978-y.t. fuqarodan sotib olganligi aniqlandi. Mazkur narkosavdogarning yashash xonadonidan ham 1 kg 483 gramm “opiy” moddasi olindi.

Bundan tashqari, Gurlan tumanida yashovchi 1952-y.t. shaxs 877 gramm “gashish” moddasini xaridorga 14 ming dollarga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan O‘zbekistonga aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling