Urgut tumanida hokim yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.
Urgut tuman tibbiyot birlashmasida aniqlangan 61 mln so‘mlik kamomad bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.
Tumandagi MFYlardan biridagi hokim yordamchisi mazkur jinoyat ishining unda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan biriga tegishli qismini tanishlari yordamida ijobiy hal qilib berish evaziga 2500 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hokim yordamchisi ushbu pullarni mahalliy advokatlik byurosi advokatiga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi. Mazkur qonun himoyachisi ham 2500 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Advokat mansabdor tanishlari orqali jinoyat ishining gumondor shaxsga tegishli qismini JPKning 84-moddasi bilan tugatib berishni vaʼda qilgan.
Hozirda hokim yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hokim yordamchisi ham, advokat ham muqaddam sudlangan edi.