Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi 1968-y.t. fermer xo‘jaligi ishchisi 1977-y.t. fermer xo‘jaligi rahbari bilan o‘zaro til biriktirgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ular tumanning “Beshkal” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligi tassarufida bo‘lgan 1,5 gektar yaylov yerni o‘zlariga tegishli ekanligiga ishontirib, 80 ming dollarga sotishlarini aytgan.
Ular yerni tuman hokimligi va Kadastrlar palatasi Urgut tuman filiali mansabdor shaxslariga 2000 dollar berish yo‘li bilan fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytgan. Ular kelishilgan puldan 20 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.