Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

O‘zbekiston va Sent-Lyusiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Sent-Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Rambali imzoladi.

Nyu-York shahrida O‘zbekiston bilan Sent-Lyusiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Sent-Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Rambali imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shu tariqa, Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan Sent-Lyusiya orol davlati O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 163-davlat bo‘ldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling