Prezidentning “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, sertifikatga ega oʻzbek tili (davlat tili) oʻqituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi.
Jumladan, 2025-yil 1-fevraldan boshlab maktablardagi oʻzbek tili fani boʻyicha dars beruvchi hamda oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.