Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro D.M. xonadonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.
Fuqaro uyida ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, gaz ta‘minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, hisoblagichdan oldin rezina shlang orqali tarmoqqa ulanganligi maʼlum bo‘ldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 4 mlrd 691 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.