Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? Ro‘yxat

Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hujjatlar:

  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi;
  • Madaniyat markazlarini o‘zaro taʼsis etish to‘g‘risida bitim;
  • Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:

  • O‘zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha;
  • texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;
  • muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to‘g‘risida;
  • kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida;
  • raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
  • raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
  • Samarqand viloyati va Tyanszin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling