Prezidentning “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Hukumatlari o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi hamda havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitimlar tasdiqlandi.
Bitimlar 2024-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling