Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan bir qator hujjatlar almashildi

Prezident Shavkat Mirziyoev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qoʻshma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzoladi.

Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:

  • Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari toʻgʻrisida bitim;
  • Ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Professional taʼlim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Milliy axborot agentliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling