O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Palau davlat vaziri Gustav Aytaro bilan uchrashdi. Bu haqda vazir Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Taʼkidlanishicha, mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatishga doir Qo‘shma kommyunikeni imzolandi.
"Ushbu muhim qadam nafaqat o‘zaro ezgu niyatimizni ifoda etadi, balki hamkorlik va sheriklikning istiqbolli kelajagiga yo‘l ochadi", deb yozadi vazir.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston va Palau o‘rtasida yangi imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.