O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? Ro‘yxat

Yetakchilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 28-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yetakchilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Jumladan:

  • Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
  • Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Ta‘lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Muhandislik, ilg‘or texnologiyalar, sun‘iy intellekt va turdosh sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan dastur;
  • Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Toshkent va Belgrad shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling