O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston TIV barcha tomonlarni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirilgan.
"Keng ko‘lamli to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy vaziyatning yana-da keskinlashuvi xavotir uyg‘otmoqda. O‘zbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha sa‘y-harakatlarga ko‘maklashishga tayyorligini bildiradi", deyiladi xabarda.