O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 6,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 foizga oshgan.
Ularning soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Qirg‘iziston – 1 846 030 nafar;
- Qozog‘iston – 1 466 535 nafar;
- Tojikiston – 1 441 618 nafar;
- Rossiya – 536 849 nafar;
- Afg‘oniston – 267 485 nafar;
- Turkmaniston – 208 864 nafar;
- Xitoy – 103 158 nafar;
- Turkiya – 96 492 nafar;
- Hindiston – 38 008 nafar;
- Janubiy Koreya – 25 057 nafar;
- Boshqa davlatlar – 289 023 nafar.
Ularning 4 mln 338 ming 164 nafari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida kelgan bo‘lsa, yana 949 ming 933 nafari sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan.
Shuningdek:
- xizmat yuzasidan – 710 303 nafar;
- tijorat – 255 136 nafar;
- davolanish – 54 882 nafar;