Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bokschi Shahram Gʻiyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani aks etgan video tarqalgan va bu keng jamoatchilikning keskin e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi.
Ekologiya vazirligining xabar berishicha, bokschi Shahram Gʻiyosovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.
Shuningdek, ayiq Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirildi.
Qolaversa, bokschi Shahram Gʻiyosov Ekologiya vazirligiga chaqirtirilib, jismoniy shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni saqlash va turli maqsadlarda foydalanish, hayvonlarga shafqasiz munosabatda bo‘lish taqiqlangani tushuntirildi.
Shahram Gʻiyosov uzr so‘rab, o‘z xatosini tushunib yetgani va bunday holat boshqa takrorlanmasligini ta’kidladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling