Sirdaryoda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Ma’lum qilinishicha, Guliston shahri, “Yuksalish” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.P. fuqaro M.X.ga 3 000 AQSH dollarini 38,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling