Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida Erlepesov Nurullan Umirzakovich o‘z ishini boshladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ikkinchi sessiyasida Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga Erlepesov Nurullan Umirzakovich tayinlangan edi.
Shu munosabat bilan, bugun Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida tayinlovga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investisiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi vazirni tanishtirdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling