Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan Hajga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Andijon shahrida yashovchi, 1966-y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs aldov yo‘li bilan o‘zgalarning ishonchiga kirib, hozirda faoliyat yuritmayotgan Andijondagi turistik firma nomidan 10 nafar fuqaroni Hajga yuborishini aytib, evaziga har biri uchun 5 ming dollardan jami 50 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Shuningdek, Qarshi shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, 1985-y.t. shaxs firibgarlik yo‘li bilan fuqaroning ishonchiga kirib, u va uning qarindoshini poytaxtdagi tanishlari orqali Hajga yuborish evaziga 14 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. 

Shu bilan birga, Namangan shahrida turistik firmalardan birining menejeri 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Hajga yuborish evaziga 20 ming dollari talab qilib, oldindan 10 ming dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Bundan tashqari, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma ishchisi Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni Hajga yuborish evaziga Qo‘qon shahrida 9 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling