Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich O‘zbekistonga keldi

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi hamrohligida 28-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yana-da rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling