Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlish jarayonidagi hozirgi holati haqida qisqacha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yili mamlakat ushbu yoʻnalishda katta qadam tashladi.
“Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan qatʼiy iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshdi. Xususan, oʻtgan yili JST Ishchi guruhi ikkita muhim yigʻilish oʻtkazdi. Bu bizga aʼzolikning asosiy hujjati – Ishchi guruh Hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi. Shuningdek, AQSH, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada Oʻzbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor”, — deb yozadi Prezident yordamchisi.
Taʼkidlanishicha, qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling“Tez orada Tashkilotning toʻlaqonli aʼzosi boʻlish uchun joriy yilda ham biz shu surʼatda davom etamiz. Bu mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda oʻzbek biznesining mintaqaviy va global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini taʼminlashi lozim. JSTga aʼzolik va davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadi, shubhasiz, xalqimiz farovonligini taʼminlash, unga munosib ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga oʻtkazishdir”, — deya qoʻshimcha qiladi Saida Mirziyoyeva.