Navoiyda 18,7 gektar yerni 200 mln so‘mga o‘zganing nomiga o‘tkazib berishni vaʼda qilgan bankir ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 18,7 gektar yerni 200 mln so‘mga o‘zganing nomiga o‘tkazib berishni vaʼda qilgan bankir ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tumandagi tijorat banklaridan birining mutaxassisi hozirda o‘z otasi boshqarib kelayotgan bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka ijaraga berilgan 22,6 gektar yer maydonining 18,7 gektar qismini 200 mln so‘m evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qiladi.

Щtkazilgan tezkor tadbirda bank mutaxassisi 190 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling