Senat Kengashining majlisi 11-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Kengash majlisida Sudyalar oliy kengashi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Senat Kengashi tomonidan prezident taqdimiga binoan Xolmo‘min Yodgorovni Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, majlisda o‘tgan besh yil davomida Sudyalar oliy kengashi tomonidan mamlakatda sud hokimiyatining nufuzi va samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Senatorlar muhokama etilgan masala yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.