Mudofaa vazirligi Xorazmda snaryad portlagani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ma‘lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970-yillarda qo‘llanilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda harbiylar metallolomga snaryad sotgani va u portlagani xususida xabarlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Ma‘lum qilinishicha, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida bo‘lmagan hududda mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan. 

Bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.

Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. 

Ma‘lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970-yillarda qo‘llanilgan. Ayni vaqtda holat yuzasidan Harbiy prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling