Surxondaryoda yashovchi 1990-y.t. fuqaro 49 kg 599 gr “opiy” moddasini o‘zining boshqaruvida yuk avtomashinasi yukxonasidagi xufiyona joyga yashirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumaniga olib kelgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasi kelgusida Xorazm viloyati hududida sotilishi rejalashtirilganligi maʼlum bo‘ldi.
Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasining 2-qismi va 273-moddasining 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.