Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Xovos tumani hokimiga hayfsan berildi

Tuman MMTB mudiri v.b. R.Elchiyevga intizomiy jazo berilishi belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 9-maktabda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Sirdaryo viloyati hokimligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Taʼkidlanishicha, maktab direktori ta‘lim muassasasida obodonlashtirish ishlarini tezkor tashkil etish maqsadida tashabbus ko‘rsatgan. Bu jarayon o‘qituvchilar roziligi asosida hashar shaklida amalga oshirilgan.

O‘tkazilgan muhokamada u maktabga yaqinda rahbar sifatida tayinlanganini, muassasada sog‘lom muhit to‘liq shakllanmaganini, guruhbozlik holatlari kuzatilayotganini va dars taqsimoti bo‘yicha murojaatchi tomonidan e‘tirozlar bildirilganini bayon etdi.

Muhokama yakunida ish beruvchi tomonidan tuman MMTB mudiri v.b. R.Elchiyevga intizomiy jazo berilishi hamda 9-maktab direktori D.Qodirberdiyevning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Shu bilan birga, tuman hokimi U.Yo‘ldoshevga ta‘lim muassasalarida yetarli nazorat o‘rnatmaganligi uchun hayfsan intizomiy jazosi berildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling