Surxondaryoda 32 nafar bola Damasda olib yurilgani aniqlandi

Ushbu mashina xususiy bog‘chaga tegishli bo‘lgan

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 32 nafar voyaga yetmagan bolalarni olib ketayotgan Damas to‘xtatildi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu mashina xususiy bog‘chaga tegishli bo‘lgan. Avtomashina kuzatuv ostida bog‘chaga qaytarilgan.

Haydovchiga nisbatan tegishli chora ko‘rilgan.

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va Maktab taʼlimi boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling