Qashqadaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Ma’lum qilinishicha, "SH.K." MCHJ va "O" MCHJ mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 588,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, Gʻuzor tumanida “T.T.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 106,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling