Prezidentning “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro va mahalliy bozorlarda sotishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqarish;
- 12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazish.
2025-yil 1-iyulgacha Energetika vazirligining yoqilg‘i yetkazib berishning eng kam miqdori bo‘yicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini eʼlon qiladi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi taʼminlanadi.