Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Mirobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga 12-avgust kuni gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Yunus Rajabiy”, “Bog‘saroy”, “Konstitutsiya” va “X.Sulaymonov” MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 256 ta yerli xonadon, 34 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 60 ta

Mirobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Farovon”, “Mirobod” va “Sh.Rashidov” MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 10 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji iste‘molchilar soni: 15 ta

Sergeli tumani (11:00 dan 16:00 gacha): “Oltin Vodiy” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 486 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste‘molchilar soni 13 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling