Toshkentning ikki tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha o‘chiriladi.

28-iyul kuni Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Yakkasaroy tumanidagi “To‘qimachi” MFY, Safdosh va Sh. Rustaveli ko‘chalarida gaz ta‘minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha o‘chiriladi. Bu 600 ta aholi xonadoni hamda 8 ta ulgurji iste‘molchiga ta‘sir qiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oliy Himmat” MFY hududida ham gaz ta‘minoti 10:00–17:00 oralig‘ida to‘xtatiladi. Natijada 109 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste‘molchi gazsiz qoladi.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling