Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Mirzo Ulugʻbek va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 15-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yakkasaroy tumani (11:00 dan 18:00 gacha): “Konstitutsiya” MFY Y.X.Hojib koʻchasi

  • Aholi xonadonlari soni: 16 ta kotejlar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Mirzo Ulugʻbek tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Chimyon” MFY Mingbuloq va Gulsara koʻchalari

  • Aholi xonadonlari soni: 210 ta yerli xonadon, 15 ta koʻp qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 23 ta

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Uchuvchilar” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 730 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling