Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlariga 11-iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Yunus Rajabiy” MFY

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 18 ta yerli xonadon va 8 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurchi iste‘molchilar soni: 87 ta

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Qutbaraka" MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 702 ta
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Chingeldi” MFY

  • Aholi iste‘molchilar soni: 230 ta yerli xonadon, 1 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 9 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling