Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, cheklov 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha amal qiladi.
Bunga Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. Shu bois:
Bratislava yoki Glinka ko‘chalari yo‘nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to‘g‘riga va chapga o‘tish yopiladi, faqat o‘ngga burilish mumkin;
Shota Rustaveli ko‘chasi yo‘nalishida chorraha orqali faqat to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanish mumkin.