Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda 174 ta daraxt kesilishi oqibatida 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Barcha hujjatlar chora ko‘rilishini ta‘minlash uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan boshlab avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan jami 174 tup daraxt va buta kesildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 1 mlrd 460 mln 952 ming so‘m zarar hisoblandi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati vaziyatni shaxsan o‘z nazoratiga oldi, atrof-muhitga zarar yetkazgan aybdor mutasaddi shaxslarga nisbatan qonunchilik normalariga muvofiq qat‘iy chora ko‘rilishi ma‘lum bo‘ldi. 

Kelgusida shahar hududida bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun vazirlik bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta‘kidlandi. 

Ma‘lumotlarga ko‘ra, inspektorlar tomonidan to‘plangan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta‘minlash uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Bundan tashqari, hokimlik tomonidan kesilgan daraxtlarning o‘rniga 62,1 ming dona buta va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi ma‘lum qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling