Toshkentning oltita tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Sergeli, Yangihayot, Chilonzor, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 18-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 16:00 gacha): “Yunus Rajabiy” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 15 ta koʻp qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Sergeli tumani (14:00 dan 17:00 gacha): “Nomdanak” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 890 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 19 ta

Yangihayot tumani (14:00 dan 17:00 gacha): Choshtepa koʻchasi

  • Aholi xonadonlari soni: 435 ta yerli xonadon, 2 ta koʻp qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 17 ta

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Chortoq” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 163 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Lutfiy” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 240 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta

Olmazor tumani (10:30 dan 17:00 gacha): “Achabod” va “Qoʻshtut” MFYlar

  • Aholi xonadonlari soni: 290 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

Shayxontohur tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Charxnovza” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 250 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling