Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 19-sentyabr kuni Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarda tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 20:00 gacha) – “Shohjahon”, “Rakat”, “Konstitutsiya”, “Rakatboshi”, “Tepa”, “Belariq”, “Muhandislar”, “Bobur”, “A.Qahhor”, “Armug‘on” va “Boshliq” MFYlari;

Mirobod tumani (soat 10:00 dan 15:00 gacha) – “Baynalminal”, "Yangi Mirobod", “Mirobod” va “Avloniy” MFYlari;

Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 20-00 gacha) - Bobur ko‘chasi;

Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17-00 gacha) - "Yorqin hayot", “Xushnud”, “Zarbdor” va “Olchazor” MFYlari

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling