Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning beshta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Mirobod, Olmazor, Shayxontohur va Yunusobod tumanlarining quyidagi hududlariga 22-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yakkasaroy tumani (11:00 dan 18:00 gacha): “Damariq” MFY

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 12 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Mirobod tumani (11:00 dan 18:00 gacha): Nukus ko‘chasi

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 3 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Olmazor tumani (10:30 dan 15:00 gacha): “Xastimom” va “Hazrati Imom” MFYlari

  • Aholi xonadonlari soni: 275 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

Shayxontohur tumani (10:30 dan 15:00 gacha): “Gulbozor” MFY

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 80 ta yerli xonadon, 54 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 13 ta

Yunusobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Buyuk Turon” va “Posira” MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 150 ta yerli xonadon, 34 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 30 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling