Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi

O‘zbekistonning hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Issiq biroz pasayishiga qaramay, bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari 38-40 daraja atrofida saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Shuningdek, respublika janubida 41-43 darajagacha bo‘lgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanadi.

Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, harorat 34-37 darajagacha, janubda 38-39 darajagacha pasayadi.

O‘zbekistonning hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.Harorat kunduz kunlari 25-26-iyulda 38-40 daraja, 27-iyulda 35-37 daraja, kechalari esa asosan 22-25 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling